Microsoft Windows
Microsoft Windows Microsoft tomonidan shaxsiy kompyuterlar va serverlar uchun yaratilgan operatsion tizimlar oilasining nomidir.
- Windows 1.01 (1985)
- Windows 1.02 (1986)
- Windows 1.03 (1986)
- Windows 1.04 (1987)
- Windows 2.0 (1 noyabr 1987)
- Windows 2.1 (Windows 386) (1987)
- Windows 3.0 (22 may 1990)
- Windows 3.1 (1992)
- Windows NT 3.1 (1993)
- Windows NT 3.5 (1994)
- Windows NT 3.51 (1995)
- Windows 95 (24 avgust 1995)
- Windows NT 4.0 (1996)
- Windows CE 1.0 (1996)
- Windows CE 2.0 (1997)
- Windows 98 (25 iyun 1998)
- Windows 2000 (17 fevral 2000)
- Windows CE 3.0 (2000)
- Windows Millenium Edition (Me) (14 sentabr 2000)
- Windows XP (25 oktabr 2001)
- Windows CE 4.0 (2002)
- Windows Server 2003 (24 aprel 2003)
- Windows Mobile 2003 (2003)
- Windows Mobile 5.0 (2005)
- Windows Fundamentals for Legacy PCs (8 iyun 2006)
- Windows Vista (30 yanvar 2007)
- Windows Mobile 6 (2007)
- Windows Server 2008 (2008)
- Windows Home Server
- Windows 7 (2009-yil, 22-oktabr)
- Windows Phone 7 (2010-yil, 8-noyabr)
Versiyalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ishlab chiqarilgan yili | Nomi | So’nggi versiyasi | Qo’llab-quvvatlash tugallanish sanasi[1] | Tizim ichki brauzerining so’nggi versiyasi | Oilasi |
---|---|---|---|---|---|
1985-yil 20-noyabr | Windows 1.0x | 1.04 (1987-yil aprel) | 2001-yil 31-dekabr | Tizim ichki brauzeri mavjud emas | MS-DOS uchun qobiq dastur |
1987-yil 1-noyabr | Windows 2.0 Windows 2.1x |
2.11 (1989-yil 13-mart) | 2001-yil 31-dekabr | ||
1990-yil 22-may | Windows 3.0 | 3.00a (1990-yil 31-oktabr) | 2001-yil 31-dekabr[2] | ||
1992-yil 18-mart | Windows 3.1 | 3.11 | 2001-yil 31-dekabr | Internet Explorer 5 | |
1992-yil 1-oktabr | Windows for Workgroups 3.1 | 3.11 (1993-yil 31-dekabr) | 2001-yil 31-dekabr | ||
1993-yil 27-iyul | Windows NT 3.1 | 3.10.528 SP3 (1994-yil 10-noyabr) | 2001-yil 31-dekabr | Windows NT | |
1994-yil 21-sentabr | Windows NT 3.5 | 3.50.807 SP3 (1995-yil 21-iyun) | 2001-yil 31-dekabr | ||
1995-yil 30-may | Windows NT 3.51 | 3.51.1057 SP5 (1996-yil 19-sentabr) | 2001-yil 31-dekabr | ||
1995-yil 24-avgust | Windows 95 | 4.00.950C (4.03.1214) (1997-yil 26-noyabr) | 2000-yil 31-dekabr (as.) (Retail) 2001-yil 31-dekabr (SBL) (ext) |
Internet Explorer 5.5 | Windows 9x |
1996-yil 29-iyul | Windows NT 4.0 | 4.00.1381 / SP6a SRP (2001-yil 26-iyul) | 2002-yil 20-iyun (as.) 2003-yil 30-iyun (SBL) 2004-yil 31-dekabr (ext) |
Internet Explorer 6 | Windows NT |
1998-yil 25-iyun | Windows 98 | 4.10.2222A (SE) (1999-yil 5-may) | 2002-yil 30-iyun (as.) 2004-yil 31-mart (SBL) 2006-yil 11-iyul (ext) |
Windows 9x | |
2000-yil 20-aprel | Windows 2000 | 5.0.2195 / 5.0 SP4 Rollup 1 v2 (2005-yil 13-sentabr) | 2004-yil 31-mart (retail) 2005-yil 31-mart (SBL) 2005-yil 30-iyun (as.) 2010-yil 13-iyul (ext) |
Windows NT | |
2000-yil 14-sentabr | Windows ME | 4.90.3000 (2000-yil 14-sentabr) | 2003-yil 31-dekabr (as.) 2004-yil 30-iyun (SBL) (Retail) 2006-yil 11-iyul (ext) |
Windows 9x | |
2001-yil 24-avgust (RTM) 2001-yil 25-oktabr (sotuv) |
Windows XP | 5.1.2600.5512 SP3 (2008-yil 21-aprel) | 2004-yil 30-sentabr (RTM) 2006-yil 10-sentabr (SP1/SP1a) 2008-yil 30-iyun (retail) 2009-yil 14-aprel (SP2/SP3 as.) 2010-yil 13-iyul (SP2) 2010-yil 22-oktabr (SBL) 2014-yil 8-aprel (ext) |
Internet Explorer 8 | Windows NT |
2003-yil 28-mart | Windows XP 64-bit Edition | 5.2.3790 | 2006-yil 25-iyul | ||
2003-yil 24-aprel | Windows Server 2003 | 5.2.3790.3959 SP2 (2007-yil 13-mart) | 2009-yil 30-iyun (RTM) 2010-yil 13-iyul (as.) 2015-yil 14-iyul (ext) |
Windows Server | |
2005-yil 25-aprel | Windows XP Professional x64 Edition | 5.2.3790.3959 SP2 (2007-yil 13-mart) | 2008-yil 30-iyun (retail) 2009-yil 31-yanvar (SBL) |
Windows NT | |
2006-yil 8-noyabr (RTM) 2007-yil 30-yanvar (sotuv) |
Windows Vista | 6.0.6001 / SP2 Build 6002 (2009-yil 25-may) | 2010-yil 13-aprel (RTM) 2010-yil 22-oktabr (retail) 2011-yil 12-iyul (SP1) 2011-yil 22-oktabr (SBL) 2012-yil 10-aprel (as.) 2017-yil 11-aprel (ext) |
Internet Explorer 9 | |
2007-yil 16-iyul | Windows Home Server | 5.2.4500 (2007-yil 16-iyul) | 2013-yil 8-yanvar (ext) | Windows Server | |
2008-yil 27-fevral | Windows Server 2008 | 6.0.6002 / SP2 build 6002 (2009-yil 25-may) | 2011-yil 12-iyul (SP1) 2015-yil 13-yanvar (as.) 2020-yil 14-yanvar (ext) |
||
2009-yil 13-iyul (RTM) 2009-yil 22-oktabr (sotuv) |
Windows 7 | 6.1.7601 / SP1 Build 7601 (2011-yil 22-fevral) | 2013-yil 9-aprel (RTM) 2015-yil 13-yanvar (as.) 2020-yil 14-yanvar, 2023-yil 10-yanvar (ext) |
Internet Explorer 11 | Windows NT |
2009-yil 13-iyul (RTM) 2009-yil 22-oktabr (sotuv) |
Windows Server 2008 R2 yoki Windows Server 7 | 6.1.7601 / SP1 Build 7601 (2011-yil 22-fevral) | 2015-yil 13-yanvar (as.) 2020-yil 14-yanvar (ext) |
Windows Server | |
2011-yil 6-aprel | Windows Home Server 2011 | 6.1.8400 | 2016-yil 12-aprel (ext) | ||
2012-yil 1-avgust (RTM) 2012-yil 4-sentabr (sotuv) |
Windows Server 2012 | 6.2.9200 (2012-yil 26-oktabr) | 2018-yil 9-oktabr (as.) 2023-yil 10-oktabr (ext) |
||
2012-yil 1-avgust (RTM) 2012-yil 26-oktabr (sotuv) |
Windows 8 | 6.2.9200 (2012-yil 26-oktabr) | 2016-yil 12-yanvar (ext) | Windows NT | |
2013-yil 21-avgust (RTM) 2013-yil 17-oktabr (sotuv) |
Windows Server 2012 R2 | 6.3.9600 (2013-yil 17-oktabr) | 2018-yil 9-yanvar (as.) 2023-yil 10-yanvar (ext) |
Windows Server | |
2013-yil 21-avgust (RTM) 2013-yil 17-oktabr (sotuv) |
Windows 8.1 | 6.3.9600 (2013-yil 17-oktabr) | 2018-yil 9-yanvar (as.) 2023-yil 10-yanvar (ext) |
Windows NT | |
2015-yil 15-iyul (RTM) 2015-yil 29-iyul (sotuv) |
Windows 10 | 21H1 (2021-yil 18-may) | 2025-yil 17-oktabr (as.) | Microsoft Edge / Internet Explorer 11 (muvofiqlik uchun qoldirilgan) | |
2016-yil 29-sentabr (RTM) 2016-yil 12-oktabr (sotuv) |
Windows Server 2016 | 1607 (10.0.14393) (2016-yil 26-sentabr) | 2022-yil 11-yanvar (as.) 2027-yil 11-yanvar (ext) |
Internet Explorer 11 | Windows Server |
2018-yil 14-avgust (RTM) 2018-yil 2-oktabr (sotuv) |
Windows Server 2019 | 1809 (10.0.17763) (2018-yil 11-noyabr) | noma’lum | ||
2021-yil 2-mart (RTM) (hali sotuvga chiqmagan) |
Windows Server 2022 | Beta (2021-yil 2-mart) | noma’lum | ||
2021-yil 24-iyun[3] | Windows 11 | ? | noma’lum | ? | Windows NT |
Shartli belgilar:
- as. — birinchi (asosiy) reliz uchun litsenziya muddatining tugashi
- SBL — ishlab chiqaruvchilar uchun litsenziya muddatining tugashi[4]
- retail — chakana xaridorlar uchun litsenziya muddatining tugashi
- SPx — Tizimga kiritilgan turli qo’shimchlar (service pack)lar uchun litsenziya muddatining tugashi
- ext — tizimni qo’llab-quvvatlashning to’liq tugashi
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ Политика жизненного цикла поддержки Microsoft
- ↑ Microsoft Support Lifecycle(ingl.)
- ↑ „«Microsoft» Windows 11 операцион тизимини намойиш қилди — видео“. Bugun.uz. 24-iyun 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2021 йил 24 июнь.
Arxivlandi 2021-06-24 Wayback Machine saytida. - ↑ Лицензирование для сборщиков систем OEM
Ushbu shablonni: koʻrish • munozaralash • tahrirlash Microsoft Windows tarixi | |
---|---|
MS-DOS/9x-asosida: | 1.0 • 2.0 • 2.1x • 3.0 • 3.1x • 95 • 98 • Me |
NT-asosida: | NT 3.1 • NT 3.5 • NT 3.51 • NT 4.0 • 2000 • XP • Server 2003 • FLP • Vista • Server 2008 • Home Server • 7 • 8 • Server 2012 • 8.1 • 10 • Server 2016 • Server 2019 |
CE-asosida: | CE 1.0 • CE 2.0 • CE 3.0 • CE 4.0 • CE 5.0 • CE 6.0 • Mobile |
Boshqa loyihalar: | Neptune • Nashville • Cairo • OS/2 |
REJA:
1. Windows haqida umumiy tushunchalar
2. Windowsning imkoniyatlari .
3. Windows ning ishlash shartlari
4. Windows ni chaqirish
5. Windows ish stoli elementlari.
6. Windows menylari, Asosiy meny (Start menu)
7. Windows ni va uning texnik vositalarini sozlash
9. Fayllar bilan ishlash
10. Katalog (papka) lar bilan ishlash
11. Programmalarni avtomatik ishga tushirish
12. Video va audio fayllari bilan ishlash.
Windows haqida umumiy tushunchalar:Windows (Windows oynalar degan ma’noni anglatadi) Microsoft (MS) firmasining dastur mahsuli bo`lib, maxsus tayyorgarlikka ega bo`lmagan kompyuterdan foydalanuvchilar uchun mo`ljallangan operatsion tizimdir. Uning asosiy maqsadi-kompyuterdan foydalanishni iloji boricha sodda va o`rganish uchun oson, shu bilan birga, foydalanuvchiga mumkin qadar keng imkoniyatlar yaratish holiga keltirishdir. Mazkur talablarga javob beruvchi MS Windows 95 operatsion tizimi 1995 yil avgust oyida ishlatila boshlangan bo`lsa, uning ruscha varianti 1995 yilning sentabridan Rossiyada qo`llanila boshlandi.
MS Windows 95 Windowslarning yangi lahjasi emas, balki o`ta murakkab dasturlar majmui bo`lib, shu bilan birga foydalanish uchun oson, operatsion tizimdir.
Windowsning avvalgi lahjalari (masalan, Windows 3.0, 3.1, 3.11, 3.12) asos sifatida MS DOS ni qabul qilgan bo`lsa, Windows 95 o`zi mustaqil bo`lib, kompyuterda boshqa bir operatsion tizimning bo`lishini talab qilmaydi. Lekin shu bilan birga bu muhitda MS DOS va Windowsning eski lahjalari bilan ishlash imkoniyati saqlangan. Bu qo`llanmada Windowsning 9x lahjasi haqida gap borgani uchun lahja nomeri 9x ni tushirib qoldiramiz.
Windows mustaqil operatsion tizim sifatida quyidagi afzalliklarga ega:
– o`zlashtirishda nihoyatda oddiy va imkoniyatlaridan foydalanish ko`lami qulay;
– u yuqori samaradorlikka ega va mazkur xususiyati bilan Windowsning istalgan avvalgi lahjalaridan keskin farqlanadi. Xususan, Microsoft firmasi yangi 32 razradli yadroni tatbiq etish bilan samaradorlik va ishonchlilikni keskin oshirishga erishdi;
– foydalanuvchi atigi bitta dasturiy ta’minot mahsulotini xarid qilib, qator muhim imkoniyatlarni qo`lga kiritadi: universal tarmoq mijoziga aylanadi, elektron pochtadan foydalana oladi, multimedia vositalaridan bahra oladi va hokazo;
– sodda, dasturlar majmui barkamol va yuqori unumlilikka ega.
30 yil avval 1985 yilning 20 noyabr kuni Microsoft korporatsiyasi Windows operatsion tizimining ilk versiyasini taqdim etdi.
Microsoft korporatsiyasi 1975 yilda Bill Geyts va Pol Allen tomonidan tashkil etilgan. 1970-yillarning oxirida u shaxsiy kompyuterlar uchun operatsion tizim (OT)larni ishlab chiqarish bilan shug‘ullana boshladi. MS-DOS operatsion tizimning birinchilaridan edi, uning boshqaruvi buyruq qatori orqali amalga oshirilgan.
WINDOWS 1
1983 yil 10 noyabrda Microsoft Windows (ingl. «Oyna») nomli ilk grafik qobiqga ega bo‘lgan dastlabki OTni taqdim etdi. Uning savdolari 1985 yil 20 noyabrda boshlandi. Deyarli MS-DOS tarkibida bo‘lgan ushbu operatsion tizimga asosiy ilovalar kiritilgan: kalkulyator, bloknot, Paint grafik muharriri, Write matn muharriri, soat, o‘yinlar va b.
Tizim bir necha vazifani bir vaqtning o‘zida bajarish imkonini berar edi, biroq ular ekranda bir-birini to‘sib qo‘ygan holatda joylashar edi. OS apparat ta’minotida yuqori talablar va o‘sha vaqtda keng tarqalmagan sichqonlarni sotib olish zarurati tufayli mashhurlikka erishmadi.
Windows operatsion tizimi nusxasining ilk narxi Amerika bozorida 100 AQSh dollarini tashkil etgan, 500 ming nusxa sotilgan. Windows OT Apple kompaniyasi tomonidan Lisa kompyuterlari uchun ishlab chiqilgan (1983 yildan boshlab chiqarila boshlagan) grafik interfeysli boshqa operatsion tizimining raqobatchisiga aylandi.
WINDOWS 2
1987 yil 9 dekabrda Windows 2 OT taqdim etildi (natijada uning takomillashgan ko‘rinishlari chiqarila boshlandi). U mukammallashtirilgan interfeys, shuningdek dastur oynalarining yig‘ilishi imkoniyati bilan ajralib turar edi. Ilk narxi 100 AQSh dollarini tashkil qilgan, 1 million nusxa sotilgan.
WINDOWS 3
1990 yilning 22 mayida Windows 3 chiqarildi. Uning avvalgilaridan farqi, u 256 xil rangdagi dasturlar (avvalgilarida 16 ta rang) ni ishga tushirish imkoniga ega edi, bir qator qo‘shimcha yangiliklar ham kiritilgan. 1992 yilda tarmoq ilovalari (Internetga ulana oladigan TCP/IP ham shular jumlasidandir) va rus tilini ishga tushira oladigan Windows 3.1 talqini paydo bo‘ldi. OTning dastlabki narxi 149,45 AQSh dollarini tashkil qilgan. Windows 3.x Microsoft’ning tijorat jihatdan muvaffaqiyatga ega bo‘lgan ilk talqini edi, uning 25 million nusxasi sotildi.
WINDOWS NT — BARChA ZAMONAVIY WINDOWS’ LARNING ASOSI
1993 yilning 27 iyulida Windows NT OT paydo bo‘ldi, u serverlar bozori (kompyuter tizimini ta’minlovchi kompyuterlar) va ishchi stansiyalar (statsionar kompyuteralar)ga yo‘naltirilgan edi. U odatiy Windows OTdan alohida ishlab chiqilgan, barcha zamonaviy Windows’larning asosiga aylandi.
WINDOWS 95
1995 yilning 24 avgustida shaxsiy kompyuterlar uchun Windows 95 operatsion tizimi chiqarildi, unda (Start) tugmachasi paydo bo‘ldi, 16 bitli to‘liq palitra (65 mingdan ortiq ranglar) ishga tushirildi va interfeys elementlari joyi o‘zgartirildi, bu joylashuv Windows 8 paydo bo‘lguniga qadar saqlanib qoldi.
Windows 95 Microsoft va IBM-PC kompyuterlariga bozorda Apple’dan o‘zib ketish va yetakchilik qilish imkonini yaratdi. Birinchi yilning o‘zidayoq Windows 95’ning 40 million nusxasi 210 AQSh dollari narxida sotildi (Windows 3.1 talqinida esa narx 110 AQSh dollarini tashkil etgan).
WINDOWS 98
1998 yilning 25 iyunida Windows 98 OT chiqarildi. Windows 95’ning rivojlantirilgan talqini USB qurilmalari va katta hajmli qattiq disklardan foydalanish, internet, jumladan Internet Explorer i Outlook Express’dan foydalanishda yanada yaxshilangan imkoniyatga ega edi. Dastlabki to‘rt kundayoq 530 ming nusxa 110 AQSh dollaridan 210 AQSh dollarigacha bo‘lgan narxda sotilgan.
WINDOWS ME
2000 yilning 19 iyunida Windows 9x — Millenium Edition platformasidagi so‘nggi OT chiqarilgan. U uyda fodalanish uchun mo‘ljallangan, tomosha qilish, videolarni tahrir qilish va boshqa bir qator imkoniyatlarga ega bo‘lgan. Turli OAV va ekspertlar uning ishonchlilik darajasi past ekanligini bir necha bor tanqid ostiga oldilar. Dastlabki uch kun ichida 200 ming ta nusxa 59,95 AQSh dollari narxida sotilgan.
WINDOWS XP – ENG MAShHUR VeRSIYaSI
2001 yilning 15 avgustida Windows XP OT savdolari boshlandi, u OT tarixidagi eng mashhurlaridan biriga aylandi. Texnik yordamga chek qo‘yilishi va viruslarga nisbatan nozik bo‘lishiga qaramay, NetMarketshare tahliliy saytining ma’lumotlariga qaraganda, u hozirga qadar dunyodagi barcha kompyuterlarning 11,68 foizida o‘rnatilgan. Dastlabki narxi 85 AQSh dollaridan boshlanadi. 2015 yil holatiga ko‘ra, 1 milliardga yaqin nusxasi sotilgan.
WINDOWS VISTA
2006 yilning 30 noyabrida Windows Vista paydo bo‘ldi. Asosiy yaxshilangan tomonlari orasida viruslarga qarshi himoya va Aero grafik interfeysini qayd etish mumkin. Mazkur OTni operatsiyalarni sekin amalga oshirishi, doimiy ravishda parolni kiritish va kompyuter qaroqchiligi huquqidagi murakkab tizim tufayli tanqid qilishgan. Sotuvlar boshlanganidan bir oy o‘tgach, 20 million nusxa talqiniga qarab 199 dan 399 AQSh dollarigacha bo‘lgan narxda sotilgan.
WINDOWS 7
2009 yilning 22 oktabrida Windows 7 OT savdoga chiqarildi. Unda Vista’dagi kamchiliklar bartaraf etilgan va interfeys yaxshilangan. Dastlabki narxi – 159,99 dan 319,99 AQSh dollari qiymatida. Ikki yil ichida 450 millondan ortiq nusxalar sotildi. NetMarketshare ma’lumotlariga ko‘ra, 2014 yilning noyabrida dunyodagi barcha kompyuterlarning 55,71 foizida o‘rnatilgan.
WINDOWS 8
2012 yilning 26 oktabrida Microsoft Windows 8 OTni ishga tushirdi. Unda “Pusk” tugmasidan voz kechish va foydalanuvchi interfeysini butunlay qayta ishlab chiqib, ekrandagi “plitka” elementlari ko‘rinishida «Metro» muhitiga almashtirishga qaror qilindi.
Mazkur talqin oddiy kompyuterlarga qaraganda planshetlar uchun mo‘ljallangan deya tanqid ostiga olingan. Kamchiliklarning bir qismi Windows 8.1 da bartaraf etildi. Dastlabki olti oy ichida 100 milliondan ortiq nusxasi sotildi. Ilk narxi 14,55 dan 199,99 AQSh dollarini tashkil etgan. 2015 yil iyun oyi holatiga ko‘ra, 10,68 foiz shaxsiy kompyuterlarda undan foydalanilmoqda.
WINDOWS 10
2015 yilning 25 iyulida yangi talqin Windows 10 sotuvga chiqarildi. U barcha platformalar – serverladan tortib, mobil telefonlar uchun yagona tizimga aylandi. O‘zgartirilgan elementlar orasida shaxsiy kompyuterlar uchun «Pusk» menyusi va tugmasining qaytishini alohida ta’kidlab o‘tish mumkin. Windows 7 va Windows 8 OT foydalanuvchilari yangi talqinga bepul “apgreyd” ga ega bo‘lishdi, yangi nusxa 119 dan 199 AQSh dollari qiymatida edi. Ilk 2,5 oy mobaynida yangi tizim 110 milliondan ortiq kompyuterlarda o‘rnatildi, operatsion tizim bozoridagi ulushi 2015 yil noyabr oyi holatiga ko‘ra, 7,94 foizni tashkil etmoqda.
BOZORDAGI ULUShI
NetMarketshare ma’lumotlariga qaraganda, Windows’ning barcha talqinlari dunyodagi shaxsiy kompyuterlardagi OT umumiy bozorining 90,42 foizini egallaydi. Serverlar bozoridagi ulushi – 30 foizga yaqin (NetCraft ingliz kompyuter kompaniyasi ma’lumotlari).
Manba: Xabardor.uz internet nashri
Windows operatsion tizimi haqida umumiy
Ma’lumot.
Operatsion tizim — bu maxsus dastur bo’lib, bu dastur asosiy vazifasi — kompyuter ishini boshqarish, kompyuter va foydalanuvchi o’rtasida muloqotni o’rnatish, tashqi qurilmalar ishlash holatlarini sozlash va ular bilan muloqotni o’rnatish, har xil dasturlarni ishga tushirish va ular ishlash holatlarini ta‘minlash. Windows (Windows ,,oynalar’’ degan ma’noni anglatadi) Microsoft (MS) firmasining dastur mahsuli bo`lib, maxsus tayyorgarlikka ega bo`lmagan kompyuterdan foydalanuvchilar uchun mo`ljallangan operatsion tizimdir. Uning asosiy maqsadi-kompyuterdan foydalanishni iloji boricha sodda va o`rganish uchun oson, shu bilan birga, foydalanuvchiga mumkin qadar keng imkoniyatlar yaratish holiga keltirishdir.
Operatsion tizimlardan eng taniqlilari bu Microsoft firmasining MS-DOS va Windows dasturlari, Apple firmasining Macintosh dasturi, Unix va Linux dasturlari.
Dunyoning 70% kompyuterlari Microsoft korporatsiyasi tomonidan yaratilgan operatsion tizimlar bilan jihozlangan. Bulardan 1981-yilda yaratilgan — MS-DOS dasturi, 1991-yilda yaratilgan — Windows 3,1 dasturi, 1995-yilda yaratilgan — Windows 95 dasturi, 1998-yilda yaratilgan – Windows 98 dasturi, 2000-yilda yaratilgan — Windows 2000 dasturi, 2001-yilda yaratilgan — Windows Millennium Edition va Windows XP dasturlari. Windows dasturning taniqli bo’lishining asosiy sababi bu — ish jarayoni soddaligi, ko’p vazifali rejim, bir xil ishlash interfeysi va boshqa qulayliklar. Boshqa operatsion tizimlarga o’xshab Windows dasturi ham kompyuter xotirasiga kompyuter yoqilish vaqtda avtomatik ravishda yuklanadi.
Hozirgi kunda keng ommaga taqdim qilinadigan kompyuterlarga WINDOWS operatsion tizimlari o’rnatilib taqdim etilayapti. Agar kompyuterlar ilgariroq olingan bo’lsa, bu kompyuterlarga ham WINDOWS operatsion tizimlarini o’rnatish mumkin.Buning uchun ma’lum shartlar (resurslar) bajarilishi shart. WINDOWS 95/98 operatsion tizimlarini o’rnatish uchun WINDOWS 95 ning minimal varianti uchun 50 Mb hajm vinchesterda bo’sh joy, 8 Mb operativ xotira va protssesor eng kamida (ishlash taktik chastotasi 66 Mgs) 486 bo’lishi lozim.
WINDOWS 98 operatsion tizimini o’rnatish uchun eng kamida 16 Mb operativ xotira, 120 Mb dan 295 Mb gacha qattiq diskda bo’sh joy bo’lishi lozim. Agar WINDOWS ning imkoniyatlaridan foydalanmoqchi bo’lsangiz, Pentium kompyuterlariga WINDOWS tizimini o’rnatganingiz ma’qul.
MS Windows 95 Windowslarning yangi lahjasi emas, balki o`ta murakkab dasturlar majmui bo`lib, shu bilan birga foydalanish uchun oson, operatsion tizimdir.
WINDOWS ning avvalgi lahjalari (masalan, Windows 3.0, 3.1, 3.11, 3.12) asos sifatida MS DOS ni qabul qilgan bo`lsa, Windows 95 o`zi mustaqil bo`lib, kompyuterda boshqa bir operatsion tizimning bo`lishini talab qilmaydi. Lekin shu bilan birga bu muhitda MS DOS va WINDOWS ning eski lahjalari bilan ishlash imkoniyati saqlangan. Bu qo`llanmada WINDOWS ning 9x lahjasi haqida gap borgani uchun lahja nomeri 9x ni tushirib qoldiramiz.
Windows mustaqil operatsion tizim sifatida quyidagi afzalliklarga ega:
– o`zlashtirishda nihoyatda oddiy va imkoniyatlaridan foydalanish ko`lami qulay;
– u yuqori samaradorlikka ega va mazkur xususiyati bilan WINDOWS ning istalgan avvalgi lahjalaridan keskin farqlanadi. Xususan, Microsoft firmasi yangi 32 razryadli yadroni tatbiq etish bilan samaradorlik va ishonchlilikni keskin oshirishga erishdi;
– foydalanuvchi atigi bitta dasturiy ta’minot mahsulotini xarid qilib, qator muhim imkoniyatlarni qo`lga kiritadi: universal tarmoq mijoziga aylanadi, elektron pochtadan foydalana oladi, multimedia vositalaridan bahra oladi va hokazo;
– sodda, dasturlar majmui barkamol va yuqori unumlilikka ega.
Windows operatsion tizimi imkoniyatlari
WINDOWS ning ba’zi imkoniyatlari quyidagilardir.
Universal grafika – Windows dasturlarning qurilmalarga va dastur ta’minotiga bog`liqsizligini ta’minlaydi.
Yagona interfeys – Windowsda foydalanuvchining muloqoti yagona, ya’ni turli dasturlar bilan ishlash qoidalari umumiydir. Shuning uchun yangi dastur bilan ishlaganingizda bu qoidalardan foydalanishingiz mumkin.
Mavjud dastur ta’minoti bilan muvofiqligi — Windows MS DOS
ning barcha amaliy paketlari
, muharrirlari, elektron jadvallari ishini ta’minlaydi.
Ko`p masalaliligi – Windows bir paytning o`zida bir necha hujjat bilan ishlaydi, bir dasturdan boshqasiga o`tishni ta’minlaydi. Mavjud tezkor xotiradan to`liq foydalanish imkoniyati mavjud. Qurilma resurslaridan ham to`liq foydalaniladi. Windows qurilmalari orasidagi muloqotni dasturlarning o`zi ta’minlaydi
Ma’lumotlar almashinuvi – Windows dasturlararo ma’lumot almashish imkoniyatiga ega. Bu maxsus Clipboard (ma’lumot almashish buferi), yoki DDE (Dinamic Data Exchange — ma’lumotlarning dinamik almashinuvi, ya’ni boshqa dastur natijalaridan foydalanish), OLE (Object-Linking Emboding — dastur ilovalarida ma’lumotlardan tahrirlangan holda foydalanish) yordamida amalga oshiriladi. Dasturlardan foydalanishning oddiyligi tufayli foydalanuvchini o`rgatishga talablar kamaydi va tajribali foydalanuvchilar tizimning yangi imkoniyatlarini tashqi yordamsiz o`zi o`rganishi mumkin. Buning uchun «Pusk»-ishga tushirish knopkasidan, masalalar panelidan, Provodnik (Windows bo`ylab Boshlovchi), dasturlar ustasi, ma’lumot berishning yangi tizimlari va imkoniyatlaridan foydalaniladi.
Kompyuter tarmoqlarini ishchi holatida saqlab turish, o`rnatish, sozlash WINDOWS ning ichki imkoniyatlarida mavjud bo`lib, u bunday ishlarni tez bajaradi. Windowsda 32 razryadli NetBEUI, IPXPX yoki TPCIP protokollari va NDIS yoki ODI drayverlari o`rnatilgan NetWare yoki Microsoft kompyuter tarmoqlarini qo`llaydigan ichki imkoniyatlar mavjud.
Kompyuter ( ing . computer — hisoblayman), EHM (Elektron Hisoblash Mashinasi) — oldindan berilgan dastur (programma) boʻyicha ishlaydigan avtomatik qurilma. Elektron hisoblash mashinasi (EHM) bilan bir xildagi atama. Plug and Play (ula va ishla) texnologiyasi shaxsiy kompyuterlarga yangi qurilmalarni ishlatishdek murakkab jarayonlarni o`rnatadi va sozlaydi. Buning uchun kompyuterda ishlatiladigan qurilma Plug and Play talabiga javob beradigan qurilma bo`lishi talab qilinadi xolos.
Windows turli kompyuter tarmoqlari uchun juda qulay dastur vositasi bo`lib, o`zida taqsimlangan kompyuter tarmoqlari , electron pochta, ko`chma kompyuterlar (inglizcha Notebook), multimedia vositalarini qo`llashi va boshqa xususiyatlari bilan alohida ajralib turadi. Hujjatlarni tahrirlovchi Word muharriri ham Windows tarkibiga kiritilgan. Bundan tashqari, Windows ilgari MS DOS, Windows tizimlari yordamida ishlatiladigan amaliy dasturlar bilan bemalol ishlaydi.Windows uzoq masofada joylashgan kompyuter tarmoqlari bilan ishlashni soddalashtiradi
Windowsdan foydalanish uchun quyidagi qurilmalar bo`lishi talab qilinadi:
— Kamida 486 DX protsessorli kompyuter;
— 8 Mb dan kam bo`lmagan tezkor xotira (16 Mb bo`lsa yaxshi);
— 70-90 Mb bo`sh joyli qattiq disk (WINDOWS ning o`zi 6-10 Mbayt joyni egallaydi) va disketani o`qish uchun qurilma (yaxshisi CD ROM);
— Monitor (yaxshisi SVGA);
— Printer;
— Sichqoncha.
Windows ni chaqirish
Windows bilan ishlash uchun, avvalo, u kompyuter xotirasiga chaqirilishi lozim. Windows operatsion tizim bo`lgani uchun ham u kompyuter ishga tushirilishi bilan yuklanadi va ekranda oyna paydo bo`ladi (qobiq dasturlarda maxsus buyrug`lar yordamida ishga tushiriladi, masalan, Windows 3.1, 3.11 uchun MS DOS ning buyrug`lar satrida Win teriladi va Enter bosiladi).
WINDOWS ning bu ekrani Ish stoli deb ataladi. Sizning odatdagi ish stolingizdagi hujjatlar, asboblar, yozuv qog`ozlari va shu kabilar joylashganidek kompyuter ekranida ham ishlash uchun kerak bo`lgan ma’lumotlar joylashtiriladi (yuqoridagi rasmga qarang). Ish stoli ko`rinishi foydalanuvchi tomonidan o`zgartirib turilishi mumkin. U foydalanuvchi tomonidan ko`p ishlatiladigan dasturlarni joylashtirish uchun qo`llaniladi. Windows ish stolining elementlar to`plami kompyuterning sozlovchilari bilan bog`liq.
Windowsda ko`plab elementlarni yodda saqlash, ajratib olish va ular bilan ishlash oson bo`lishi uchun piktogrammalar (yorliqlar) deb ataluvchi mos rasmchalar qo`yiladi. Ularni ko`pincha ikonalar (timsollar) deb ham ataydilar. Ular mos dasturni xotiraga tez chaqirish (yuklash) imkoniyatini beradi. Mualliflar dasturlar uchun ularning mohiyatini ifodalab beruvchi maxsus rasmchalar tayyorlaydilar. hujjat fayllari uchun piktogramma sifatida o`sha hujjat tuzilgan dasturning belgisi ko`rsatiladi.
Ish stolida quyidagi elementlar joylashgan bo`lishi mumkin:
– papkalar (tizimning va foydalanuvchining papkalari);
– hujjat va dastur fayllari;
– qurilmalar, papkalar va fayllar uchun yorliqlar.
Odatda ekranda tizim papkalari va ko`p murojaat qilinadigan obyektlarning yorliqlari joylashgan bo`ladi.
Windows XP opеratsion tizimi haqida ma’lumot
WINDOWS XP— 2002 -yilning yozida ishlab chiqarilgan yangi opеratsion tizim (OT) bo`lib, yuqori darajadagi ishonchliligi, yaxshilangan bеzagi, o`z-o`zini rivojlantirish uchun maxsus vositalari mavjudligi bilan ajralib turadi. WINDOWS XP grafik maxsulotning ko`rinishi, tovush va zamonaviy tеxnologiyalari bo`yicha yaratilgan multimеdia ilovalarini ko`llash imkoniyatlarini yaxshilaydi. Universal Serial Bus (USB) shinasi yordamida tashqi qurilmalarning oson ulanishi va uzib qo`yilishini ta’minlaydi, tеlеvidеnia xamda shaxsiy kompyutеrning imkoniyatlarini birlashtirishga imkon yaratadi. WINDOWS XP ning oldingi vеrsiyalardan, xususan WINDOWS-Me dan asosiy farqi — uning ishlatilishi va Intеrnеtga kirishdagi soddaligi xisoblanadi. Unda Web tеxnologiyasi bo`yicha o`zgaruvchan yordam tizimi va kompyutеr ishlatilishini urgatuvchi 15 ta dastur mavjud. Web- yunaltirilgan intеrfеys foydalanuvchiga kompyutеrda, maxalliy kompyutеr tarmog`ida xamda Web-tеxnologiyada axborotlarning bir xil shaklda ifodalanishini ta’minlaydi va shu bilan birga axborotlar kidiruvini osonlashtiradi. Windows XP ishlatilgan xolda qurilmalarga quyidagi minimal talablar qo`yiladi:
• protsеssor — Pentium-500 mgts va undan yuqori;
• tеzkor xotiraning xajmi — 64 Mbayt va undan katta;
• tizimning standart o`rnatilishi uchun qattiq diskda (vinchеstеrda) 1 Gb bo`sh joy bo`lishi kеrak;
• kompakt-disklar va DVD disklari uchun diskovod;
• monitor — VGA yoki undan xam yuqori aniqlikka ega bo`lgan qurilma;
• kiritish qurilmalari — Microsoft Mouse sichqonchasi yoki o`nga mos boshqa qurilma.
Agar kompyutеrda WINDOWS XP OT urnatilgan bo`lsa, u kompyutеr yoqilishi bilan ishga tushib kеtadi. WINDOWS XP ekranining asosiy qisimlari: • ish stoli — asosiy soxa; • masalalar panеli («Пуск» tugmachasi bilan boshlanadigan qator) — odatda ekranning quyi qismida joylashadi. Ish tugagach, sichqonchani «Пуск» tugmachasida bosib «Завершение работы» bulimini tanlash kеrak, xosil bo`lgan savol-javob oynasida «Включит компьютер» (Kompyutеrni o`chirish) buyrug`ini tanlab, «Да» (Ha) tugmachasini bosish zarur. Bunday kеtma-kеtlik WINDOWS XP tizimiga o`z ishini to`g`ri tugatish va vaqtinchalik fayllarini bеrkitishi uchun imkon bеradi. Kompyutеrni o`chirishdan avval xamisha barcha ochilgan ilovalarni yopib «Zavеrshеniе raboto» rеjimini ishlatish zarur. WINDOWS XP opеratsion tizimining ish stoli WINDOWS XP ish stolida tizim ilovalarining rasmchalari (znachoklar) va bеlgilari (yorliqlar) joylashgan. Tizimning standart o`rnatilishida bu quyidagi ilovalardir: «Мой компьютер» (Mеning kompyutеrim), «Сетевое окружение» (Tarmok muxiti), «Корзина» (Savat), «Вўход в Интернет» (Intеrnеtga chikish). Lеkin Siz, xurmatli o`quvchi, zaruriyatga qarab, ish stolida foydalanayotgan ilovalaringiz yorliqlarini chiqarib olishingiz mumkin. Buning uchun sichqoncha ko`rsatgichini stolning ixtiyoriy bo`sh joyiga olib borib, sichqonchaning o`ng tugmachasini bosish zarur. Namoyon bo`lgan buyruqlar ro`yxatida «Создать» (Yaratish) buyrug`ini tanlab, navbatdagi paydo bo`lgan ro`yxatda «Ярлык» (Yorliq) qatorini bosing. Ekranda «Создать ярлык» (Yorliqni yaratish) savol-javob oynasi namoyon bo`ladi, unda «Обзор» (Ko`rib chikish) tugmachasini faollashtirish kеrak va paydo bo`lgan jildlar va fayllar ro`yxati ichidan kеrakli ilovaning buyruq faylini topish zarur. oyna paydo bo`lgandan kеyin, agar qidirilayotgan elеmеnt to`g`ri bo`lsa «Далее» (Kеyingi) tugmachasini bosish kеrak. Kеyingi oynada «Готово» (Tayyor) tugmachasini bosing. Shu еrning o`zida bеlgining nomini o`zgartirish mumkin. Natijada bеlgi tayyor bo`ladi. Agar ish stoli turli Ilovalar va Dasturlar bеlgilari bilan to`lib kеtsa, uni «tozalash» mumkin. Buning uchun ko`rsatgichni ortiqcha elеmеntga olib borib, sichqonchaning chap tugmachasini bosish xamda tugmachani qo`yib yubormasdan, ko`rsatgichni «Корзина» (Savat) ustiga siljitish zarur, «Корзина» (Savat)ning ustida sichqonchaning tugmachasini qo`yib yuboring. Bu amal bilan Siz ortiqcha bеlgini «Корзина»ga (Savat)ga olib tashlaysiz. Agarda vaqt o`tgan sayin «Корзина» (Savat) yangi fayllar va jildlar bilan to`lib borsa, uni xam tozalash mumkin. Buning uchun «Корзина» bеlgisi ustida sichqonchaning chap tugmachasini ikki marta bosish kerak.
Bunda rasmda ko`rsatilgan ish oynasi paydo bo`ladi. «Корзина«ni tozalash uchun «Файл» mеnyusidagi «Очистить корзину» (Savatni tozalash) buyrug`i ustida sichqonchaning chap tugmachasini bir marta bosing. Oynalar bilan ishlash windows tizimi nеga aynan shunday dеb atalganligini zukko o`quvchi dastur bilan dastlabki ish paytidayoq payqagan bo`lsa kеrak. Bu tizimda ishlash jarayonida kompyutеr Siz bilan oynalar yordamida muloqot yuritadi. Masalan, Ilovalar oyna ko`rinishida namoyon bo`ladi va x.k. Dеmak, oyna WINDOWS ning asosiy ob’еkti ekan. Oynaning bir nеcha turlari mavjud: jildlar(papkalar) oynasi, muloqot oynasi, ilovalar oynasi, ma’lumotlar tizimi oynasi. Jildlar oynasi xujjatlar va ilovalarni izlash, tanlash va yuklash uchun ishlatiladi. Jildlar oynasi WINDOWS ning boshqa ob’еktlari znachoklari va oynani boshqarish elеmеntlarini o`z ichiga oladi. Ilovalar oynasi asosan xujjatlar bilan ishlashda qo`llaniladi. Bu oynalar ilovalarga xujjat sifatida yuklatilgan axborotni va ilovalarni boshqarish elеmеntlarini o`z ichiga oladi. Muloqot oynasi faqat boshqarish elеmеntlarini o`z ichiga olishi bilan boshqa oynalardan farq qiladi. Ular yordamida opеratsion tizim va uning ilovalarini boshqarish mumkin. Ma’lumotlar tizimi oynasi opеratsion tizim va ilovalar ishi xaqidagi ma’lumotlarni o`z ichiga oladi. Endi jildlar oynasining asosiy qisimlarini aniqlashtirib olamiz. Buni «Корзина» (Savat) oynasi misolida ko`rib chiqamiz. Birinchi qator (aksariyat xollarda bu ko`k rangdagi qator) — oyna nomidir. Agarda shu qatordagi Ilovaning rasmchasiga bosilsa, oyna joylanishini va o`lchovlarini bеlgilovchi buyruqlar ro`yxati paydo bo`ladi. O`ng yuqori burchakda uchta tugmacha mavjud: Birinchisi — «Свернут» (Yig`ib olish). U Ilova oynasining masalalar panеlidagi to`rtburchak tugmacha shaklida (darchadеk) yig`ib oladi. Sichqoncha tugmachasini «дарча» ustida bir marta bosish oynaning oldingi o`lchovi va joylashishini tiklaydi. (Bu to`rtburchak tugmachalar barcha minimallashtirilgan oynalar ko`rinishi uchun uning o`lchovini avtomatik ravishda o`zgartiradi). Ikkinchisi — «Развернут» (Yoyish). U Ilova oynasini butun ekranga (yoki xujjat oynasini butun ilova oynasiga) yoyib tashlaydi. Shunga axamiyat bеrish kеrakki, Masalalar panеli oyna maksimallashtirilgan xolda xam kurinib turadi. Sichqoncha «Развернут» (Yoyish) piktogrammasi ustida bosilgandan kеyin uning urnida boshqa ikki kvadratlik piktogramma paydo bo`ladi. Hosil bo`lgan piktogrammaning ustida sichqoncha bosilsa, oyna oldingi xolatiga kaytadi. Uchinchisi — «Закрыт» (Yopish). U joriy ilovani yopadi va bajarilayotgan ishning saqlab kolinmagan natijalarini saqlaydi. (Bu opеratsiya klaviaturada Alt+F4 tugmachalar kombinatsiyasi yordamida amalga oshiriladi.) Joriy Ilovani yopish uchun Ilovaning sistеma mеnyusi tugmachasini ikki marta bosish xam mumkin. Oynadagi kеyingi qator — Mеnyular qatori. Unda bir nеchtadan buyruqlarni o`z ichiga olgan mеnyular joylashgan. Bular «Файл» (Fayl), «Правка» (To`g`rilash), «Вид» (Ko`rinish), «Переход» (O`tish), «Избранное» (Tanlangan), «Справка» (Ma’lumot) mеnyularidir. Oynaning chеtlarida vеrtikal va gorizontal aylantirish tasmalarini ko`rish mumkin. Oynaning quyi qismida xolat qatori joylashgan. Mеnyular qatori ostida piktogrammalar qatori mavjud. Bu qatorda ko`p ishlatiladigan buyruqlar bеlgilari joylashgan. Undan kеyin odatda adrеs qatori joylashadi. «Вид» (Ko`rinish) mеnyusiga kirib, oynada namoyon bo`lgan ob’еktlarning bеlgilarini o`zgartirish mumkin. «Крупнўе значки» (Yirik bеlgilar) buyrug`i ob’еktlarni katta piktogrammalar shaklida ko`rsatadi. «Мелкие значки» (Mayda bеlgilar) buyrug`i ob’еktlarni mayda shaklda, «Список» (Ro`yxat) — ob’еktlarni ro`yxat shaklida, «Таблица» (Jadval) — ob’еktlarni o`nga tеgishli ma’lumotlari (xajmi, yaratilish vaqti, sanasi) bilan birgalikda ko`rsatadi. Ish stolida joylashgan yorliqlar o`lchamini o`zgartirmokchi bo`lsangiz, yana ish stolining bo`sh joyida sichqonchaning o`ng tugmachasini bosasiz. Hosil bo`lgan ro`yxatdan «Свойства» (Xossalar) buyrug`ini tanlang. Namoyon bo`lgan oynada «Параметрў» (Paramеtrlar), so`ng «Настройка» (Sozlash) qismiga kiring. «Рабочий стол» (Ish stoli) qismida ko`rsatgich «Менше» (Kichik) tomonga surilsa, ekrandagi yorliqlar o`lchovi kattalashadi, aksincha, «Болше» (Katta) tomonga surilsa — kichkinalashadi. Joriy oynaning «Фон» qismiga utilsa, ish stolining rasmini, ya’ni fonni o`zgartirish mumkin. Oynadagi ekran namunasining tagida ikkita ustun mavjud: birida naqshlar ro`yxati, boshqasida — rasmlar ro`yxati aks ettirilgan bo`ladi. Kеrakli rasmni tanlab olib, uni ekran namunasida kurganingizdan so`ng, «Применит» (Кўллаш) tugmachasini sichqoncha bilan bossangiz rasm o`zgaradi. Joriy oynaning «Заставка» (Pеshlavxa) qismida Pеshlavxa o`zgartiriladi. Ushbu jarayon yuqoridagi fonni o`zgartirgan kabi amalga oshiriladi. O`zingiz mustaqil ishlab, xar ikki qismning o`xshash tarzda ishlashiga zamin bo`lasiz.
WINDOWS XP ning oldingi versiyalaridan farqi
WINDOWS XP – yangi opеratsion tizim (OT) bo’lib, yuqori darajadagi ishonchliligi, yaxshilangan bеzagi, o’z-o’zini rivojlantirish uchun maxsus vositalari mavjudligi bilan ajralib turadi. WINDOWS XP grafik maxsulotning ko’rinishi, tovush va zamonaviy tеxnologiyalari bo’yicha yaratilgan multimеdia ilovalarini qo’llash imkoniyatlarini yaxshilaydi. Universal Serial Bus (USB) shinasi yordamida tashqi qurilmalarning oson ulanishi va uzib qo’yilishini ta’minlaydi, tеlеvidеniе xamda shaxsiy kompyutеrning imkoniyatlarini birlashtirishga imkon yaratadi.
WINDOWS XP ning oldingi vеrsiyalardan asosiy farqi — uning ishlatilishi va Intеrnеtga kirishdagi soddaligi xisoblanadi. Unda Web tеxnologiyasi bo’yicha o’zgaruvchan yordam tizimi va kompyutеr ishlatilishini o’rgatuvchi 15 ta dastur mavjud. Web- yo’naltirilgan intеrfеys foydalanuvchiga kompyutеrda, maxalliy kompyutеr tarmog’ida xamda Web-tеxnologiyada axborotlarning bir xil shaklda ifodalanishini ta’minlaydi va shu bilan birga axborotlar qidiruvini osonlashtiradi.
WINDOWS XP ishlatilgan xolda qurilmalarga quyidagi minimal talablar qo’yiladi:
-
protsеssor — Pentium-100 mgts va undan yuqori;
-
tеzkor xotiraning xajmi — 16 Mbayt va undan katta;
-
tizimning standart o’rnatilishi uchun qattiq diskda (vinchеstеrda) 195 Mb bo’sh joy bo’lishi kеrak, lеkin tizimning konfiguratsiyasi va tanlangan qismlar soniga qarab, 120 dan 295 Mb gacha bo’sh joy zarur bo’lishi mumkin;
-
kompakt-disklar va DVD disklari uchun diskovod;
-
monitor — VGA yoki undan xam yuqori aniqlikka ega bo’lgan qurilma;
-
kiritish qurilmalari — Microsoft Mouse sichqonchasi yoki unga mos boshqa qurilma.
WINDOWS XP ekranining asosiy qismlari:
-
ish stoli — asosiy soxa;
-
masalalar panеli («Pusk» tugmachasi bilan boshlanadigan qator) — odatda ekranning quyi qismida joylashadi.
Ish tugagach, sichqonchani «Pusk» tugmachasida bosib «ЗАВЕРШЕНИЕ РАБОТЫ» bo’limini tanlash kеrak, xosil bo’lgan savol-javob oynasida «ВЫКЛЮЧИТЬ КОМПЬЮТЕР» (Kompyutеrni o`chirish) buyrug’ini tanlab, «ДА» (Ha) tugmachasini bosish zarur. Bunday kеtma-kеtlik WINDOWS XP tizimiga o’z ishini to’g’ri tugatish va vaqtinchalik fayllarini bеrkitishi uchun imkon bеradi.Kompyutеrni o’chirishdan avval xamisha barcha ochilgan ilovalarni yopib «ЗАВЕРШЕНИЕ РАБОТЫ» rеjimini ishlatish zarur.
Xulosa
Mamlakatimizda ta’limga e’tibor yildan – yilga ortmoqda.Keyingi yillarda ko`plab yangi, zamonaviy kasb – hunar kollejlari,akademik litseylar qurilib ishga tushirildi, eskilari esa rekonstruktsiya qilindi. Ularning moddiy – texnika bazasi zamonaviy qurilma va asbob –uskunalar, axborot vositalari bilan jihozlandi. Muxtaram 1-Prezidentimiz I.A.Karimov so’zlari bilan aytganda, “hozirgi axborot, kommunikatsiya, kompyuter texnologiyalari asrida, internet kundan-kunga hayotimizning barcha jabhalariga tobora chuqur va keng kirib borayotgan bir paytda, odamlarning ongi va tafakkuri uchun kurash hal qiluvchi ahamiyat kasb etayotgan bir vaziyatda bu masalalarning jamiyatimiz uchun naqadar dolzarb va ustuvor bo’lib borayotgani haqida gapirib o’tirishga hojat yo’q”. Bugungi kunda Informatika va axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasi jadal rivojlanmoqda, shu bilan birgalikda kompyuter tarmoqlari ham. Biz yoshlar o’zimiz va o’zimizdan keyingi avlodlarga Informatika va axborot kommunikatsiya texnologiyalari sirlarini chuqurroq o’rganishlari uchun yordam berishimiz kerak. Aniqlandiki Windows XP operatsion tizimi distributivi o’lchami qanchalik kichik bo’lsa ushbu operatsion tizim o’rnatilgan kompyuter tezroq ishlar ekan sababi ortiqcha dasturlarning operativ hotira hamda qattiq diskdan joy egallamasligi ekan. Shuning uchun ham oldimizga ishlatuvchining talabidan kelib chiqqan holda shaxsiy yengillashtirilgan Windows XP distributivini yaratishni o’rgatuvchi dasturni yaratishni maqsad qilib oldik. Multimediali qo`llanmalarni yaratishni juda ko’p dasturlash tillarida yaratish mumkin. Lekin ularning hammasi ham talabimizdan kelib chiqqan holda qo’llanma yaratishga mos kelmaydi. Yaratilgan o’quv qo`llanma Windows XP operatsion tizimi asosida shaxsiy operatsion tizimini yig’ishni o’rgatuvchi multimediali qo’llanma yaratishga bag’ishlangan bo’lim hozirgi kunda ommaviy ishlatilib kelinayotgan Windows XP asosida bajarilgan. Qo’llanmani yaratish jarayonida uni yaratish algoritmi o’rganib chiqildi, strukturaviy tuzilishi yaratildi hamda ishlatuvchiga qulay bo’lgan interaktiv dizaynli interfeys yaratilib Camtasiya Studio dasturida yozib olingan multimedia dasturlari flv flash formatida saqlanib flash dasturi yordamida bitta qobiqqa joylashtirildi. Yaratilgan o’quv qo’llanma nafaqat talabalarga, balki shaxsiy operatsion tizimini yaratish ishtiyoqidagi xavaskor ishlatuvchilarga ham yordam beradi degan umiddamiz.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
-
G`ulomov S.S.va boshk. «Axborot tizimlari va texnologiyalari». «Sharq», Toshkent, 2000.
-
Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari. O`quv qo`llanma S.S. Gulomovning umumiy taxriri ostida T:2004
-
M.T.Azimjanova, Muradova, M.Pazilova. Informatika va axborot texnologiyalari. O‘quv qo‘llanma. T: “O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati”, 2013 y.
-
M. Aripov va boshqalar. Informatika, informasion texnologiyalar. – T: 2004.
-
“Axborot tizimlari va texnologiyalari”: Oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun darslik//Mualliflar jamoasi: S.S.G‘ulomov, R.X.Alimov, X.S.Lutfullayev va boshk./; S.S.G‘ulomovning umumiy taxriri ostida.-T.: «Sharq», 2000.- 592 b.
-
Ayupov R.X., Ismoilov S.I., Ayupov X.R. Xususiy kompyuterlarda ishlash. “Microsoft Word 2000 matn muharriri”. – T: TMI, 2002. 124 bet
-
Aripov M.M, Muxammadiyev J..U “Informatika va informatsion texnologiyalar”. O‘quv qullanma. Toshkent shaxri, 2005 -yil.
-
Makarova “ Informatika “ Toshkent sh 2005 -yil.
-
Ermatov SH “Shaxsiy kompyuterlarning operatsion tizimlari , kurilmalari va vositalari”. Toshkent 2007 -yil.
Do’stlaringiz bilan baham:
Muallif:
Florence Bailey
Yaratilish Sanasi:
25 Mart Oyi 2021
Yangilanish Sanasi:
2 Fevral 2023
Tarkib
- Windows nima:
Windows nima:
Windows degan ma’noni anglatuvchi inglizcha atama Windows. Windows kompyuterlar uchun operatsion tizim bo’lib, unga tegishli Microsoft va uning asoschisi Bill Geyts va u dunyodagi eng keng tarqalganlardan biri hisoblanadi.
Microsoft Windows 1981 yilda va 1985 yilda loyihalashni boshladi Windows 1.0, bu to’liq operatsion tizim emas, balki plagin yoki MS-DOS-ning grafik kengaytmasi edi (Microsoft Disk operatsion tizimi, buyruq satridan iborat interfeys). Ammo faqat 1990 yilda operatsion tizim sifatida birinchi versiyasi chiqdi Windows 3.0, dastlab faqat grafik foydalanuvchi interfeysi bo’lgan, faqat grafik rejimida ishlaydigan dasturlarda ishlagan. Windows allaqachon boshlangan operatsion tizimlarning har biri yangi texnologiyalar bilan takomillashtirilgan bir nechta versiyalarini chiqargan Windows 1.0, Ispaniyadagi birinchi versiyadan o’tib, the Windows 3.0, keyin u Windows NT, Windows 95, Windows 98, Windows ME (Millennium Edition), Windows 2000, Windows Xp, Windows Server, Windows Vista, Windows 7va eng so’nggi Windows 8, 2012 yilda ishga tushirildi.
Ning «oilasida» bir nechta mahsulotlar mavjud Windows, operatsion tizimlarga qo’shimcha ravishda: Windows Live, nimani o’z ichiga oladi Rasululloh (suhbat), Windows Defender, bu josuslarga qarshi dasturlardan va boshqa kiruvchi dasturlardan himoya qiluvchi dastur, Windows Media Center, birinchi marta 2002 yilda chiqarilgan va Windows Media Playermusiqa tinglash va boshqa funktsiyalarni bajarish uchun dasturiy ta’minot.
Operatsion tizimlarning roli Windows bu foydalanuvchining kompyuterga kirishini, yanada chiroyli va ishlatilishi oson bo’lgan interfeys bilan, yangi dasturlar bilan tezroq va h.k.
1. /Windows operatsion tizimlari.doc | Windows haqida umumiy tushunchalar |
Windows operatsion tizimlari
Windows haqida umumiy tushunchalar:Windows (Windows oynalar degan ma’noni anglatadi) Microsoft (MS) firmasining dastur mahsuli bo`lib, maxsus tayyorgarlikka ega bo`lmagan kompyuterdan foydalanuvchilar uchun mo`ljallangan operatsion tizimdir. Uning asosiy maqsadi-kompyuterdan foydalanishni iloji boricha sodda va o`rganish uchun oson, shu bilan birga, foydalanuvchiga mumkin qadar keng imkoniyatlar yaratish holiga keltirishdir. Mazkur talablarga javob beruvchi MS Windows 95 operatsion tizimi 1995 yil avgust oyida ishlatila boshlangan bo`lsa, uning ruscha varianti 1995 yilning sentabridan Rossiyada qo`llanila boshlandi.
MS Windows 95 Windowslarning yangi lahjasi emas, balki o`ta murakkab dasturlar majmui bo`lib, shu bilan birga foydalanish uchun oson, operatsion tizimdir.
Windowsning avvalgi lahjalari (masalan, Windows 3.0, 3.1, 3.11, 3.12) asos sifatida MS DOS ni qabul qilgan bo`lsa, Windows 95 o`zi mustaqil bo`lib, kompyuterda boshqa bir operatsion tizimning bo`lishini talab qilmaydi. Lekin shu bilan birga bu muhitda MS DOS va Windowsning eski lahjalari bilan ishlash imkoniyati saqlangan. Bu qo`llanmada Windowsning 9x lahjasi haqida gap borgani uchun lahja nomeri 9x ni tushirib qoldiramiz.
Windows mustaqil operatsion tizim sifatida quyidagi afzalliklarga ega:
– o`zlashtirishda nihoyatda oddiy va imkoniyatlaridan foydalanish ko`lami qulay;
– u yuqori samaradorlikka ega va mazkur xususiyati bilan Windowsning istalgan avvalgi lahjalaridan keskin farqlanadi. Xususan, Microsoft firmasi yangi 32 razradli yadroni tatbiq etish bilan samaradorlik va ishonchlilikni keskin oshirishga erishdi;
– foydalanuvchi atigi bitta dasturiy ta’minot mahsulotini xarid qilib, qator muhim imkoniyatlarni qo`lga kiritadi: universal tarmoq mijoziga aylanadi, elektron pochtadan foydalana oladi, multimedia vositalaridan bahra oladi va hokazo;
– sodda, dasturlar majmui barkamol va yuqori unumlilikka ega.
Windowsning ba’zi imkoniyatlari quyidagilardir:
Universal grafika – Windows dasturlarning qurilmalarga va dastur ta’minotiga bog`liqsizligini ta’minlaydi.
Yagona interfeys – Windowsda foydalanuvchining muloqoti yagona, ya’ni turli dasturlar bilan ishlash qoidalari umumiydir. Shuning uchun yangi dastur bilan ishlaganingizda bu qoidalardan foydalanishingiz mumkin.
Mavjud dastur ta’minoti bilan muvofiqligi — Windows MS DOS ning barcha amaliy paketlari, muharrirlari, elektron jadvallari ishini ta’minlaydi.
Ko`p masalaliligi – Windows bir paytning o`zida bir necha hujjat bilan ishlaydi, bir dasturdan boshqasiga o`tishni ta’minlaydi. Mavjud tezkor xotiradan to`liq foydalanish imkoniyati mavjud. Qurilma resurslaridan ham to`liq foydalaniladi. Windows qurilmalari orasidagi muloqotni dasturlarning o`zi ta’minlaydi
Ma’lumotlar almashinuvi – Windows dasturlararo ma’lumot almashish imkoniyatiga ega. Bu maxsus Clipboard (ma’lumot almashish buferi), yoki DDE (Dinamic Data Exchange — ma’lumotlarning dinamik almashinuvi, ya’ni boshqa dastur natijalaridan foydalanish), OLE (Object-Linking Emboding — dastur ilovalarida ma’lumotlardan tahrirlangan holda foydalanish) yordamida amalga oshiriladi.
Dasturlardan foydalanishning oddiyligi tufayli foydalanuvchini o`rgatishga talablar kamaydi va tajribali foydalanuvchilar tizimning yangi imkoniyatlarini tashqi yordamsiz o`zi o`rganishi mumkin. Buning uchun «Pusk»-ishga tushirish knopkasidan, masalalar panelidan, Provodnik (Windows bo`ylab Boshlovchi), dasturlar ustasi, ma’lumot berishning yangi tizimlari va imkoniyatlaridan foydalaniladi.
Kompyuter tarmoqlarini ishchi holatida saqlab turish, o`rnatish, sozlash Windowsning ichki imkoniyatlarida mavjud bo`lib, u bunday ishlarni tez bajaradi.
Windowsda 32 razradli NetBEUI, IPXPX yoki TPCIP protokollari va NDIS yoki ODI drayverlari o`rnatilgan NetWare yoki Microsoft kompyuter tarmoqlarini qo`llaydigan ichki imkoniyatlar mavjud.
Plug and Play (ula va ishla) texnologiyasi shaxsiy kompyuterlarga yangi qurilmalarni ishlatishdek murakkab jarayonlarni o`rnatadi va sozlaydi. Buning uchun kompyuterda ishlatiladigan qurilma Plug and Play talabiga javob beradigan qurilma bo`lishi talab qilinadi xolos.
Windows turli kompyuter tarmoqlari uchun juda qulay dastur vositasi bo`lib, o`zida taqsimlangan kompyuter tarmoqlari, elektron pochta, ko`chma kompyuterlar (inglizcha Notebook), multimedia vositalarini qo`llashi va boshqa xususiyatlari bilan alohida ajralib turadi.
Hujjatlarni tahrirlovchi Word muharriri ham Windows tarkibiga kiritilgan.
Bundan tashqari, Windows ilgari MS DOS, Windows tizimlari yordamida ishlatiladigan amaliy dasturlar bilan bemalol ishlaydi.
Windows uzoq masofada joylashgan kompyuter tarmoqlari bilan ishlashni soddalashtiradi.
Windows ning ishlash shartlari
Windows ikki xil ishlash rejimiga ega:
– Standart;
– 386 ga kengaytirilgan.
Rejimning tanlanishi qurilma turiga bog`lik. Windows standart rejimda protsessorning himoyalangan rejimida ishlaydi. 386 ga kengaytirilgan rejimda ishlash uchun 80386 protsessor va 8 Mbayt operativ xotira zarur.
Windowsdan foydalanish uchun quyidagi qurilmalar bo`lishi talab qilinadi:
— Kamida 486 DX protsessorli kompyuter;
— 8 Mb dan kam bo`lmagan tezkor xotira (16 Mb bo`lsa yaxshi);
— 70-90 Mb bo`sh joyli qattiq disk (Windowsning o`zi 6-10 Mbayt joyni egallaydi) va disketani o`qish uchun qurilma (yaxshisi CD ROM);
— Monitor (yaxshisi SVGA);
— Printer;
— Sichqoncha.
Sichqonchaning ishlatilishi
Amallarning ko`pchiligi klaviatura hamda sichqoncha yordamida bajarilishi mumkin. Albatta, har kim o`zi uchun tez va oson bo`lgan usulni tanlab oladi.Windowsda ishlayotganda, asosan sichqonchaning faqat ikkita: chap va o`ng tugmalari ishlatiladi. Ulardan biri asosiy (ishchi) tugma hisoblanadi. Odatda, bu chap tugma bo`ladi, ammo chapaqaylar uchun xuddi shu vazifada o`ng tugmani ham belgilash mumkin (Buning uchun Boshqaruv panelida Sichqoncha dasturidan foydalaniladi).
Ikkinchisi esa yordamchi tugma sifatida ishlatiladi. Uni bosish bilan Kontekst meny chaqiriladi. Ushbu meny ajratilgan element uchun o`sha onda kerak bo`ladigan amallarni bajarishi mumkin.
So`nggi paytlarda uchta: chap, o`rta va o`ng tugmali sichqonchalar keng tarqalmoqda. o`rta tugma mavjud oynani tepa yoki pastga o`tkazish uchun ishlatiladi.
Shuni aytish lozimki, Windows asosan sichqoncha bilan ishlasada, ayni paytda uning ko`p amallari klavishalar yordamida ham ishlay oladi.
Windows ni chaqirish
Windows bilan ishlash uchun, avvalo, u kompyuter xotirasiga chaqirilishi lozim. Windows operatsion tizim bo`lgani uchun ham u kompyuter ishga tushirilishi bilan yuklanadi va ekranda oyna paydo bo`ladi (qobiq dasturlarda maxsus buyrug`lar yordamida ishga tushiriladi, masalan, Windows 3.1, 3.11 uchun MS DOS ning buyrug`lar satrida Win teriladi va Enter bosiladi).
Windowsning bu ekrani Ish stoli deb ataladi. Sizning odatdagi ish stolingizdagi hujjatlar, asboblar, yozuv qog`ozlari va shu kabilar joylashganidek kompyuter ekranida ham ishlash uchun kerak bo`lgan ma’lumotlar joylashtiriladi (yuqoridagi rasmga qarang). Ish stoli ko`rinishi foydalanuvchi tomonidan o`zgartirib turilishi mumkin. U foydalanuvchi tomonidan ko`p ishlatiladigan dasturlarni joylashtirish uchun qo`llaniladi. Windows ish stolining elementlar to`plami kompyuterning sozlovchilari bilan bog`liq.
Windowsda ko`plab elementlarni yodda saqlash, ajratib olish va ular bilan ishlash oson bo`lishi uchun piktogrammalar (yorliqlar) deb ataluvchi mos rasmchalar qo`yiladi. Ularni ko`pincha ikonalar (timsollar) deb ham ataydilar. Ular mos dasturni xotiraga tez chaqirish (yuklash) imkoniyatini beradi. Mualliflar dasturlar uchun ularning mohiyatini ifodalab beruvchi maxsus rasmchalar tayyorlaydilar. hujjat fayllari uchun piktogramma sifatida o`sha hujjat tuzilgan dasturning belgisi ko`rsatiladi.
Ish stolida quyidagi elementlar joylashgan bo`lishi mumkin:
– papkalar (tizimning va foydalanuvchining papkalari);
– hujjat va dastur fayllari;
– qurilmalar, papkalar va fayllar uchun yorliqlar.
Odatda ekranda tizim papkalari va ko`p murojaat qilinadigan obyektlarning yorliqlari joylashgan bo`ladi.
Tizim papkalari (System Folder)-Windows OS tomonidan tashkil etilgan papkalardir. Tizim papkalariga quyidagilar kiradi:
Moy kompyuter (Mening kompyuterim). Bu papka siz ishlayotgan kompyuterning obrazi bo`lib, uning yordamida kompyuter resurslariga (ya’ni, qattiq hamda yumshoq disklar, CD-ROM, tarmoq disklariga, shu kabilarga) ulanish va kirishingiz mumkin.
Moy Kompyuterdagi mavjud dasturlar keltirilgan: disk, MS DOS, CD ROM [D:], boshqaruv paneli (Panel upravleniya), printerlar (Printeri), uzoqlashgan tarmoqqa kirish (Udalenniy dostup k seti).
Setevoye okrujeniye (Tarmoq doirasi). Bu dastur mahalliy tarmoq kompyuterlari ro`yxatini ko`rib chiqish va ularning resurslariga kirish uchun ishlatiladi.
Internet Explorer. Internetdagi WEB sahifalarini ko`rib chiqish dasturi. U Windowsning oxirgi namunalariga kiritilgan.
Korzina (Savat). Olib tashlangan (yo`qotilgan) papka va fayllarni vaqtincha saqlovchi joy bo`lib, kerak bo`lganda qayta tiklash imkonini beradi. Bu savatga Windows vositalari bilan olib tashlangan obyektlar joylashtiriladi. Bundan tashqari, faylni yo`qotish uchun sichqoncha yordamida uni savat belgisiga ko`chirib qo`yish mumkin. DOS vositalari bilan (masalan, komandalar satrida yoki Norton Kommanderda) yo`qotilgan fayllarni bu dastur vositalari bilan tiklash mumkin emas. Savatni doimiy ravishda tozalab turish, ya’ni kerakli fayllarnigina saqlash tavsiya etiladi, chunki bu yerga joylashtirilgan fayllar ham xotirada joy egallaydi.
Portfel. Bu dastur ikki kompyuter bilan ish olib borilayotganda fayllarni sinxronlashtirishni (so`nggi namunalarga almashtirishni) ta’minlaydi. Masalan, Siz ishni «uyga» olmoqchi bo`lsangiz Portfeldan foydalanishingiz mumkin.
Vxodyashiye (Kiruvchilar) Bu Windowsning xabarlar tizimidir. o`rnatilgan (belgilangan) dasturlarga qarab elektron pochtaning u yoki bu turiga ulanishini ta’minlashi mumkin.
Ish stolida Moy kompyuter (Mening kompyuterim) va Korzina (Savat) tizim papkalarining bo`lishi shart.
Windowsning tizim papkalari oddiy papkalardan quyidagi xususiyatlari bilan farqlanadi:
– tizim papkalarini yo`qotish mumkin emas;
– Korzina (Savat) papkasining nomini o`zgartirib bo`lmaydi (lekin kompyuteringizga Norton Utilities komplektini o`rnatgan bo`lsangiz buni bajarish mumkin);
– ba’zi tizim papkalarining kontekst menysida o`ziga xos buyrug`lar mavjud.
Masalalar paneli
Ish stolining oxirgi satri Panel zadach (Masalalar paneli) deb ataladi va unda ishlayotgan masalalar aks ettiriladi (7.3-rasm). Birorta dastur ishga tushirilishi bilan masalalar panelida uning nomi yozilgan tugma paydo bo`ladi. Tugmaning nomi ikki qismdan iborat bo`ladi: dastur nomi va shu dastur yordamida tahrirlanayotgan hujjat nomi. Nom oldida dasturning piktogrammasi aks ettiriladi. Masalalar panelining chap burchagida Pusk tugmasi joylashgan. Bu tugma Windows OS ning bosh menysiga kirishni ta’minlaydi. Agar sichqoncha ko`rsatgichini shu tugma ustiga joylashtirsak, Nachnite rabotu s najatiya etoy knopki (Ishni shu tugmani bosishdan boshlang) degan yozuv paydo bo`ladi. Bundan tashqari, Masalalalr panelida rus, ingliz yoki boshqa alifboni, hamda vaqtni ko`rsatuvchi knopkalar (indikatorlar) mavjud.
Masalalar panelini faollashtirish
Masalalar panelini quyidagi usullar bilan faollashtirish mumkin:
1) masalalar panelining ixtiyoriy bo`sh joyida sichqoncha tugmasini bitta bosish;
2) Ctrl+Esc tugmalar kombinatsiyasini, ya’ni avval Ctrl va undan so`ng Esc tugmasini bosish;
3) ish stoli faol bo`lgan holda Tab tugmasini bosish.
Umuman bu uchta usul bir-biriga ekvivalent emas. Birinchi usul faqat masalalar panelining fonini faollashtiradi. Oxirgi ikkita usul esa Pusk (Start) tugmasini faollashtiradi. Masalalar panelining foni faollashgan vaqtda quyidagi amallarni bajarish mumkin:
• Shift+F10 tugmalar kombinatsiyasini bosib, masalalar panelining kontekst menysini ochish mumkin;
• tugmalari yordamida masalalar panelida joylashgan dastur tugmalarini ajratish va Enter ni bosib uni ishga tushirish mumkin.
Masalalar panelini ekran chegarasining xohlagan qismiga: tepa yoki pastga, chap yoki o`ngga joylashtirish mumkin. Panelni boshqa bir joyga ko`chirish uchun uni sichqonchaning tugmasi bilan bosib turgan holda ekranning biror chegarasiga siljitamiz. Kerakli chegara bo`ylab to`g`ri to`rtburchakning konturi paydo bo`lganda, sichqonchaning tugmasini qo`yib yuboramiz. Masalalar panelini kengaytirish ham mumkin. Buning uchun panelning tashqi chegarasini sichqoncha bilan ilib olib, uni boshqa joyga ko`chiramiz.
Windows menylari
Windowsda foydalanuvchilar 4 turdagi meny bilan ishlashi mumkin:
– OS ning asosiy menysi;
– barcha obyektlarning kontekst menylari;
– dastur menylari;
– dastur va hujjat oynalarining, shuningdek, muloqot oynalarining boshqaruvchi menysi.
Meny — bu biror operatsiyani bajarish imkonini beruvchi buyrug`lar majmuidir. Meny bandlari orasida buyrug`lardan tashqari qism menyga kirish imkonini beruvchi bandlar ham bo`lishi mumkin. Bu holda biz iyerarxik yoki ichma-ich joylashgan meny bilan ishlaymiz. Buni dasturlarni ishga tushirish menysi misolida ko`rishimiz mumkin.
Menylar monitor ekranida joylashishiga ko`ra, vertikal va gorizontal menylarga bo`linadi. Dastur oynalarining menysi gorizontal bo`lib, u sarlavha satrining tagida joylashgandir.
Vertikal meny-yuqoridan pastga qarab ochiluvchi menydir. Windowsda vertikal menyning boshqa ko`rinishi, suzib chiquvchi deb nomlangan va pastdan yuqoriga qarab ochiluvchi ko`rinishi ham ishlatilgan. Tizimning asosiy menysi ana shunday menydir. Suzib chiquvchi menyning yana bir turi-kontekst meny deb atalib, u oynaning ixtiyoriy joyida sichqonning o`ng tugmasini bosganda ochiluvchi menydir.
Menylar tizimida ishlatiladigan shartli belgilashlar:
– agar meny bandi davomida uch nuqta (…) berilsa, shu band bajarilganda muloqot oynasi ochiladi;
– agar meny bandi davomida uchburchak () berilsa, shu band bajarilganda qism meny ochiladi;
– agar meny bandi kulrang harflarda yozilgan bo`lsa, menyning shu bandi ayni vaqtda faol emasligini bildiradi;
– agar meny bandi davomida tugma yoki tugmalar kombinatsiyasi ko`rsatilgan bo`lsa, u holda menyning shu bandini menyga kirmasdan turib klaviatura yordamida ko`rsatilgan tugmalarni bosib bajarish mumkin. Bu tugmalar akselerator tugmalar (shortcut keys) deyiladi;
– meny bandidagi tagiga chizilgan harf tezkor tugma (hot key) deb nomlanadi. Meny faol vaqtda klaviaturadan shu harfni bosib tegishli buyrug`ni bajarish mumkin;
– agar meny bandi oldida qalin nuqta (*) yoki (3) belgisi bor bo`lsa, muqobil (alternativ) variantlardan birortasi tanlanganligini bildiradi.
Asosiy meny (Start menu)
Pusk (Start) tugmasi bosilganda, ekranda Windowsning ish boshlashi uchun kerak bo`ladigan asosiy menysi ochiladi. Unda dasturni ishga tushirish, hujjatni ochish, tizim parametrlarini sozlash, kerakli faylni topish, zaruriy ma’lumotlarni olish va boshqa amallarni bajarish mumkin.
Asosiy menyning yuqori qismidagi bo`limidan (rasmdagi Otkrit dokument Microsoft Office, Sozdat dokument Microsoft Office, Yarlik dlya Hypertrm) tashqari barcha bandlari standartdir.
Bu menyning ko`rinishi quyidagicha:
Programmi [Programs – Dasturlar];
Dokumenti [Documents – hujjatlar];
Nastroyka [Settings – Sozlash];
Poisk [Find — Qidirish];
Spravka [Help – Ma’lumot];
Vipolnit [Run — Bajarmoq];
Zaversheniye raboti[ Shut down — Ishni tugatmoq].
Menyning Programmi [Programs – Dasturlar] bandi yordamida tizimda o`rnatilgan barcha dasturlarni ishga tushirish imkonini beruvchi iyerarxik qism menyga kiriladi. Birorta programmani ishga tushirish uchun sichqon ko`rsatkichini Programmi punktiga o`rnatiladi. Ochilgan qism menydan dastur nomi tanlanib, sichqon tugmasini 2 marta bosiladi.
Bu menyga xususan quyidagi qism menylar kirgan:
Standarti[Accessories – Standartlar];
Avtozagruzka[Start UP – Avtoyuklash];
Provodnik[Windows Explorer — Yo`l boshlovchi];
Seans MSDOS[MSDOS — MSDOS bilan muloqot]
Microsoft Exchange — amaliy dasturlar majmuasi va boshqalar.
Standarti punktiga yangi dasturlarni ham qo`shish mumkin. Standart dasturlar qatoriga Windowsni yuklashda tanlab olingan amaliy dasturlar kiradi. Agar Windowsni o`rnatish jarayonida kommunikatsion dasturlar kiritilgan bo`lsa, u holda dasturlar menysida Microsoft Exchange komandasi bo`lishi kerak.
Dokumenti [Documents – Hujjatlar] punkti Windowsda tahrirlanayotgan hujjatlar ro`yxatini (oxirgi 15 ta) ko`rsatuvchi menyni yuklab beradi. Windows dastlab o`rnatilgan bo`lsa, bu bandda faqat «Prochti menya» (Meni o`qi-Read me) punkti bo`ladi xolos.
Nastroyka [Settings – Sozlash] punkti tizimdagi hamma komponentlar ro`yxatini va kerak bo`lganda ularni qayta sozlash imkoniyatini beradi. Uning qism menysida quyidagi bandlar bor (7.5-rasm):
– Panel upravleniya (Boshqarish paneli) papkasi;
– Printeri (Printerlar);
Panel zadach (Masalalar paneli).
Poisk [Find-Qidirish] punkti papkalarni, fayllarni, server kompyuteri yoki E-Mail ma’lumotlarini qidirish imkonini beradi.
Spravka [Help-Ma’lumot]— ma’lumotlar tizimini chaqirishni amalga oshiradi. Axborot olish uchun ma’lumot tizimining bayonidan (Soderjaniye) yoki mavzular (Predmet) ko`rsatkichidan foydalanish mumkin. Bu tizim Windowsning imkoniyatlari va unda ishlash bo`yicha to`liq axborot beradi. Ma’lumot ixtiyoriy dastur.
Vipolnit[Run-Bajarmoq] buyrug`i dasturlarni ishga tushiradi va papkalarni ochadi, MS DOS buyrug`larining bajarilishini ta’minlaydi. Bu buyrug`ning muloqot oynasida Obzor… tugmasi bor bo`lib, uning yordamida dasturlar tanlanib, buyrug`lar qatorida dasturning to`liq nomi hosil qilinadi. Buyrug`ni ishga tushurish uchun OK tugmasi, bekor qilish uchun esa Otmena tugmalari bosiladi.
Zaversheniye raboti[Shut down — Windows ishini tugallash].
Windowsdan chiqish uchun quyidagilarni bajarish kerak:
– Masalalar panelining chap burchagiga joylashgan Pusk tugmasi bosiladi.
Ochilgan menydan Zaversheniye raboti — Ishni tugallash buyrug`i tanlanadi
Ushbu muloqot oynasida Viklyuchit kompyuter (Kompyuterni o`chirish) catrini belgilaymiz. Da (Ha) tugmasida sichqonchani bitta bosib, va teper mojno viklyuchit kompyuter — endi kompyuterni o`chirish mumkin so`zlari chiqqandan keyingina kompyuterni o`chirish mumkin. Aks holda Windowsdan noto`g`ri chiqilgan bo`ladi va natijada turli noxushliklar paydo bo`lishi mumkin.
Kontekst meny
Kontekst meny oynaning ixtiyoriy joyida sichqonning o`ng tugmasini bosish yordamida ochiladi. Bu meny bandlari qaysi element ajratilgani, qanday operatsiya bajarilayotgani va shu kabi holatlarga bog`liq holda o`zgaradi. Misol uchun agar Word matnlarni tahrirlash dasturida biror so`zni ajratib, sichqonchaning o`ng tugmasiga bosilsa, nusxa olish, ko`chirish, qirqish operatsiyalarini yoki o`sha so`zni formatlashtirish operatsiyalarini (shriftni, abzatsni formatlashtirish buyrug`larini) tanlash mumkin bo`lgan meny paydo bo`ladi. Shunday qilib, sichqonchaning o`ng tugmasini bosgach, siz o`sha onda ajratilgan element bilan bo`ladigan ehtimoli ko`proq operatsiyalar nomlarini o`z ichiga olgan menyga kirishingiz mumkin. Odatda, Windowsning an’anaviy tizimli menysidan foydalanishga qaraganda, kontekst meny yordami bilan buyrug`larni bajarish qulayroqdir.
Windows ni va uning texnik vositalarini sozlash
Windowsdagi sozlash funksiyalarining ko`pchiligi asosiy menyning Nastroyka [Settings — Sozlash] bandidagi qism menyda jamlangandir. Nastroyka bandining qism menysida quyidagi uchta buyrug` bor:
Panel upravleniya [Control Panel — Boshqarish paneli] — shu nomdagi tizim papkasining oynasi ochiladi. Bu oynada kompyuter qurilmalarining va operatsion tizimning turli qismlarining piktogrammalari bor;
Printer [Printers — Printerlar]- tizimga ulangan har bir printerni sozlash imkonini beruvchi tizim papkasining oynasi ochiladi;
Panel zadach [Taskbar — Masalalar paneli] — bu buyrug` yordamida tizimning asosiy menysi va masalalar panelini sozlash mumkin.
Data/vremya [Date/Time – Sana/vaqt]- bu piktogramma tizim vaqti va sanasini o`zgartirish imkonini beruvchi muloqot oynasini ochish uchun xizmat qiladi;
Zvuk [Sounds – Tovush]-Windows muhitida ishlash vaqtidagi ro`y beradigan hodisalarga tovush berish sxemasini tanlash imkonini beruvchi muloqot oynasini ochadi;
Klaviatura [Keyboard –klaviatura]ni sozlash uchun muloqot oynasi ochiladi;
Mar 14, 2020 8:24 AM
Akbarali 10822
Hayrli kech Do’stlar!!! Anchadan beri maqola yozmay sizni zeriktirib qo’ydikmi? Uzur. Sizlar bilan yana «UzHackerSW» jamoasi. Bugun eng qiziqarli va muhim mavzu bilan tanishib chiqamiz. Qanday deysizmi? Bizning kuzatib boring, unda boshladik.
Bilamizki, Microsoft dunyodagi kompyuterlarga o’rnatilgan Windows OT ning asoschi va ishlab chiqaruvchi yagona kompaniya hisoblanadi. Microsoft ga 1975-yil 4-aprelda Bill Gates Paul Allen tomonidan asos solingan. Endi operatsion tizim tushunchasiga ta’rif berska, operatsion tizim bu apparat (qurilmalar) va dasturiy ta’minotni bir biriga bog’lagan holda foydalanuvchi bilan kompyuterni muloqotlashuviga sharoit yaratib beruvchi interfeys (bog’lovchi) hisoblanadi. Windows OT imini ishlab chiqqunga qadar 2 ta OT ishlab chiqilgan. Bular: OS/2 va MS-DOS (Microsoft — Disk Operating System) bo’lgan.
MS-DOS operatsion tizimi
OS/2 operatsion tizimi
Bizda endi Windows tushunchasi nima ekanligi haqida savol tug’iladi? xo’sh u nima? qanday tizim? Bunga biz quyidagicha javob beramiz. Windows so’zi inglizcha so’z bo’lib, «oynalar» degan ma’noni beradi. Ya’ni Windows OT imida ishlaganimizda biz faqat oynalar bilan ishlayotgan bo’lamiz, biron hujjat ochsak ham, papka ochsak ham, xattoki o’yin o’ynaganda ham oynada ochilgan o’yinni o’ynayotgan bo’lamiz. Windows OT imi versiyalari haqida gaplashadigan bo’lsak, Windowsning quyidagi versiyalari mavjud:
Windows1-3.1 — ya’ni Windows 1 (1985), Windows 2 (1987), Windows 3 (1990) va Windows 3.1 (1992). Bu OT lar deyarli bir xil bo’lib faqat ba’zi yangilanishlar bilan yangilangan. Masalan bu kabi OT larda, birinchi grafikali operatsion tizim, birinchi marta operatsionda sichqoncha qo’llanilgan, birinchi o’yinni o’z ichiga olgan, birinchi marta oynalarni kichiklashtirish va kattalashtirish, Windows ning Word va Excel dasturlari birinchi marta shu operatsion tizimda qo’llanilgan.
Windows 1
Windows 2
Windows 3
Windows 3.1
Windows 95 — 1995 — yilning avgust oyida ishlab chiqilgan. Uning afzalliklari shundan iborat ediki, u birinchi «pusk» (start) tugmali OT im, «plug and play» yangilanish qo’shilgan («plug and play» — bu biror qurilmani kompyuterga ulaganingizda u qurilmaning driverini OT imning o’zi o’z bazasidan izlab topib OT ga o’rnatadi) va bizga ma’lum va mashhur Windows ning internet brauzer ya’ni «Internet Explorer» ham birinchi ko’rinishi shu OT dan joy olgan.
Windows 95
Windows 98 — 1998 — yilning iyun oyida taqdim etilgan. U o’zida birinchi Windows Media Player 6.2 ni o’z ichiga olgan. Yana bir afzalligi Windosw Explorer ya’ni papkalar bilan ishlovchi oynada orqaga va oldinga tugmalar bilan boyitilgan va bir necha oldingi OT dagi kamchiliklar yangilangan.
Windows ME
Windows XP — o’z davrida eng mashhur va tezkor OT bo’lgan bu OT ni haligacha ham eslashadi va hali hanuz ham ishlatib kelinmoqda. Bu OT ning tezkorligi, qulayligi, yengilligi, qulay interfeysga va chiroyli dizaynga ega ekanligi uning nomdor bo’lishiga olib kelgan. Bu OT 2001-yilning oktyabr oyida taqdim etilgan bo’lishiga qaramay, 2014- yilning aprel oyigacha Microsoft tomonidan dasturiy ta’minoti qo’llab quvvatlab kelingan. Bu Microsoft tarixidagi eng uzoq muddatli qo’llab quvvatlashga erishgan OT hisoblanadi. Bu OT da asosan oldingi versiyalardagi kamchiliklar va dasturlar yangilangan. Buning yagona kamchiligi mavjud bo’lib, u ham xavfsizlik masalada edi. Ya’ni biz firewall (himoyalovchi «olovli devor» ma’nosini beradi) sozlasak, u o’z-o’zidan ma’lum vaqtdan so’ng o’zining oldingi holatiga qaytadi.
Windows XP
Agar siz o’z noutbukingizda (bu usul faqat noutbuklar uchun sababi PC (shaxsiy kompyuterlarda) bu usul har doim ham ish bermasligi mumkin). Siz o’z klaviaturangizda quyida biz berib boradigan logotiplardan birini ko’rib turib o’z noutbukingiz qanday operatsion tizim uchun mo’ljallanganligini bilib olishingiz mumkin. Bu degani siz faqat shu turdagi operatdion tizim o’rnatishingiz kerak degani emas. BU sizga shu turdagi OT o’rnatish maslahat beradi.
WIndows XP logotipi
Windows Vista — 2007-yil yanvar oyida taqdim etilgan bu OT Windows OT da o’yin o’ynovchi o’yinchlar uchun eng yaxshi versiya bo’lgan desak mubolag’a qilmagan bo’lamiz. Sababi yuqori grafikaga ega bu OT turli o’yinlar uchun yuqori harakteristika (RAM, ROM, Video karta, HDD) talab qilgan. Lekin uning yuqori talabchanligi uni tez orada so’nishiga olib kelgan.
Windows Vista
Windows Vista logotipi
Windwos 7 — 2009 — yil oktyabr oyida taqdim etilgan OT. Bu operatsion tizim tezkorlik, stabillik, foydalanish uchun qulayligi tufayli ko’pchilikning e’tiboriga tushgan. Bu OT hozirga kelib ham ancha keng ko’lamda qo’llanilib kelmoqda. Windows 7 Windows Vista OT imining kamchilik va kritikalarini yopgan OT dir.
Windows 7
Windows 7 logotipi
Windows 8 / 8.1 — Windows 8 (2012, oktyabr) va Windows 8.1 (2013, oktyabr) bu OT lar juda Windows oilasi uchun katta yangilanish olib kirdi desak xato qilmagan bo’lamiz. OT da yangicha uslub plitkalardan foydalanish qo’llanilgan. Bu OT qo’lda boshqarish imkoniyati juda yuqori va mosligi tufayli o’z foydalanuvchilarni hayratga solgan. Windows 8.1 nega bunchalik tez ishlab chiqarilganligining sababi shuki Windows 8 da dasturlar bilan moslashuv juda pastligi va qiyinligi Windows 8.1 bartaraf etilgan. Uning ishlash muhiti tezligi va harakteristikalardan unumli va to’g’ri taqsimlay olish uni ommalashuviga sabab bo’lmoqda. Bu versiyalarda interfeys ko’rinishi va dizaynida deyarli farq sezilmaydi. Ha aytgancah Windows 8 / 8.1 versiyalari «pusk» tugmasining vazifasi o’zgarganligini ko’rish mumkin.
Windows 8
Windows 8.1
Windows 8 / 8.1 logotipi
Windwos 10 — 2014 — yil sentyabr oyida taqdim etilgan OT boshida test rejimida aqilli o’ylovchi insolar uchun ishlab chiqarilgan edi. Lekin keyinchalik bu versiya yangilanishlar bilan boyitilib borildi va ommavi tarzda ishlab chiqarila boshlandi. Bu versiyada Windows 8 / 8.1 da «pusk» tugmasidan voz kechilganligi qayta joyiga qaytarilgan.
Windows 10 logotipi
ESLATMA, Windows XP va Windows Vista logotiplari o’xshash, Windows 8 / 8.1 va Windows 10 logotiplari o’xshashdir.
Muallif haqida
admin
Web dasturchi dasturlashda PHP, JavaScript, CSS3, HTML5, VUEJS, Laravel, MySQLdan foydalanadi. API bilan ishlashni yaxshi ko`radi.
Oldingi va keyingi maqoalar
Maqolaga fikr bildirish
Maqolaga bildirilgan fikrlar
Microsoft’ning Windows’ini besh barmog‘ingizdek bilasiz, lekin kompaniyaning o‘zi haqida nimalardan xabardorsiz? O‘ylanib qoldingiz-a? Hechqisi yo‘q. Besh daqiqadan so‘ng bu savolga javob bera oladigan bo‘lasiz. Gapni ortiqcha cho‘zmaymiz. Boshladik!
1. MS-DOS’ni Microsoft yaratmagan.
1980 yilda Seattle Computer Products 86-DOC nomi ostida sotilgan Quick and Dirty operatsion tizimni yaratdi. Microsoft esa 86-DOS’ning litsenziyasini sotib olgan va ko‘p sonli tuzatish ishlaridan so‘ng uni qayta nomlagan.
2. Microsoft ko‘p marotaba sudga tortilgan.
So‘nggi o‘n yilliklardagi bu mojarolarning katta qismi esa monopoliya siyosatiga bog‘liq.
3. Bill Geyts Microsoft’ni yaratish uchun Garvarddagi o‘qishini tashlagan.Korporatsiya bosh direktori Steven Ballmer esa Garvardni tugatgan, ammo Microsoft’ga qo‘shilish uchun Stenford universitetida davom etayotgan aspiranturasidan voz kechgan.
4. Microsoft boshida Micros-soft deb nomlangan. 1976 yilda esa chiziqcha olib tashlanadi. Microsoft so‘zi microcomputer (mikrokompyuter) va software (dasturiy ta’minot) so‘zlarining yig‘indisidan hosil bo‘lgan.
5. Windows esa boshida Interface Manager deb atalgan.
Yaxshiyamki, marketing bo‘limi ushbu nomdan voz kechgan.
6. «Windows Vista chiqishi bilan Microsoft “aynidi“.
Ushbu gapni Windows Vista operatsion tizimi taqdim qilingan kuni Microsoft’ning sobiq vitse-prezidenti Jim Allchin aytgan edi. Agar u Microsoft’da ishlamaganda, Apple’ning Mac’ini sotib olgan bo‘lar edi. Buni uning o‘zi aytgan.7. 1994 yilda Windows uchun birinchi virus WinVer 1.4 paydo bo‘ldi.
8. Microsoft’ning 20 mingdan ortiq patentlari mavjud.
9. Microsoft o‘z logotipini 25 yil deganda birinchi marta yangilagan.
Yangi logotip korporatsiya tarixidagi beshinchisi bo‘lib, Metro interfeysi asosida tayyorlangan.
10. Microsoft zamonaviy san’atning ulkan to‘plamiga egadir.
Korporatsiya kolleksiyasida besh mingdan ortiq zamonaviy san’at asarlari, shu jumladan, rasmlar, haykallar, fotosuratlar va multimedia loyihalari jamlangan.
11. Microsoft’dagi muhim voqealarni M&M’s (shirinlik kompaniyasi) nishonlaydi.12. Microsoft’ga ishga kirayotganlarga intervyuda g‘alati savollar berishadi.
«Nega kanalizatsiya teshigining qopqog‘i dumaloq?» kabi. Korporatsiyadagi suhbat paytida shablon savollar Microsoft tomonidan ishlab chiqarilmaydigan mahsulotni loyihalash to‘g‘risidagi so‘rov bilan almashtirilib qolishi ham mumkin. Masalan, gap kosmonavtlar uchun kofe qaynatgich haqida bo‘lishi mumkin. Biroq, ahmoqona ko‘rinadigan bu amaliyot ijodiy fikrlashga ega nomzodlarni aniqlashga imkon beradi.
Husan Qodirov tayyorladi.
O‘QING: Microsoft ishchilari qancha maosh oladi?